date

Pashalich Atalanta o'yini klub tarixida qolishini aytdi

Pashalich Atalanta o'yini klub tarixida qolishini aytdi

Xorvatiyalik hujumchi Mario Pashalich Dortmundning «Borussiya»siga qarshi uchrashuvda «Atalanta» safida eng ko'zga ko'ringan futbolchilardan biri bo'ldi. Bellashuvdan so'ng u bu o'yin Bergamo klubi tarixida alohida o'rin egallashiga ishonch bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bu Yevropadagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Hozirgi lahzadan zavqlanyapmiz. Aynan shunday bahslar klub tarixini yozadi. Ishonamanki, butun mavsum ham biz uchun yaxshi, balki tarixiy mavsum sifatida esda qoladi», — deya Pashalichning so'zlarini keltiradi calcioatalanta.it.

«Atalanta» Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqibini juma kuni bilib oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pashalich Atalanta o'yini klub tarixida qolishini aytdi