Milan Modrichni yana bir yilga olib qolmoqchi

Milan Modrichni yana bir yilga olib qolmoqchi

Milan” yarim himoyachisi Luka Modrichning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. Kelishuvda yana bir yilga uzaytirish bandi bor, biroq uni faqat futbolchining o‘zi ishga tushira oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, “rossonerilar” xorvatiyalik veteran bilan allaqachon muzokaralarni kuchaytirgan: murabbiylar shtabi, jamoa futbolchilari va klub rahbariyati Modrichga uning naqadar muhim ekanini uqtirib, kamida yana bir mavsum qolishni so‘ramoqda. “Milan” sobiq “Real” yulduzini saqlab qolish uchun oxirigacha turib olmoqchi.

Joriy yilning sentyabrida Modrich 41 yoshga to‘ladi. Massimiliano Allegri jamoasida u 28 o‘yinda 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar