Real Mbappe haqidagi sizib chiqishlardan norozi bo'lib qoldi

Matbuotda Kilian Mbappening sog'lig'i haqida ancha batafsil ma'lumotlar paydo bo'ldi. Fransuz hujumchi so'nggi haftalarda noqulaylik bilan o'ynab kelgan, biroq endi tizzasidagi muammo kuchaygani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu sabab Mbappe "Benfika"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yubordi va bir muddat maydonga tusha olmaydi.
Onda Cero radiosi jurnalisti Edu Pidal xabariga ko'ra, "Real" Mbappening atrofidagilardan L’Equipe nashriga ma'lumot sizib chiqayotganidan norozi.
Qayd etilishicha, L’Equipe materiali Mbappening muammolarini Xabi Alonso bilan ham bog'lab, murabbiy yanvarda futbolchini muddatidan oldin qaytarish g'oyasini qo'llab-quvvatlaganini eslatgan.
"Benfika" bilan o'yindan keyin Alvaro Arbeloa Mbappe bir necha kunga emas, uzoqroq muddatga safdan chiqishini ma'lum qildi — forvardning to'liq tiklanishiga vaqt beriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!