Turkiyada o'yinda darvozabon urgan zarbadan chayka jarohat oldi

Turkiyada "Mevlanakapi Guzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari uchrashuvida kutilmagan holat yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to'pni uzoqqa tepmoqchi bo'ladi, biroq zarba maydon ustidan uchib o'tayotgan chaykaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qush yiqilib tushgan zahoti har ikki jamoa futbolchilari uning yoniga yugurib borishdi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan vaziyatni tezda anglab, chaykaga yurakni bilvosita massaj qilishni boshladi, shundan so'ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayka tirik qolgan. Ma'lum vaqt ucha olmasligi aytilmoqda, biroq veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!