date

Yusupov: Safonov PSJning birinchi raqamiga munosib

Yusupov: Safonov PSJning birinchi raqamiga munosib

«Dinamo» sobiq futbolchisi Artur Yusupov fransuzning «PSJ» klubi darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. 2026 yilda rossiyalik golkiper parijliklar safida asosiy darvozabon maqomini qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yusupovning aytishicha, Safonovning o‘yini hozir ko‘pchilik e’tiborida va uning darajasiga savol yo‘q. U Matveyni barqarorligi va ishonchli harakatlari bilan «PSJ»ning birinchi raqamiga loyiq bo‘lganini ta’kidladi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Safonov barcha turnirlar doirasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 12 ta gol o‘tkazib yubordi, biroq 4 bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Safonovning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yusupov: Safonov PSJning birinchi raqamiga munosib