Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor

Milanning «Inter» klubi hujumchi Markus Tyuram bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, «neradzurrilar» rahbariyatining fransuz futbolchisiga oid rejasi o'zgargan: u endi jamoa uchun «sotilmaydigan» futbolchi sifatida ko'rilmayapti. Shu bois, kelasi yozda hujumchi transferga qo'yilishi ham ehtimoldan xoli emas.
Transfermarkt portali Tyuramning bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda. 28 yoshli futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq hujumchi Angliya Premyer-ligasi klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqida ham gap-so'zlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Markus Tyuram 32 o'yinda 12 ta gol urib, 5 ta assist muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!