Ronaldu 5:0dan keyin ikki so'z bilan munosabat bildirdi

Saudiya Pro-ligasida “Al-Nasr” “Al-Namdja” ustidan 5:0 hisobida yirik g'alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlikka ko'tarildi. Uchrashuvdagi hisobni 7-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltini aniq ijro etib ochdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin tugaganidan ko'p o'tmay, 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi bir nechta suratlarni ulashib, ularga qisqa, ammo mazmunli izoh yozdi.
“Shunday davom eting!” — deya yozdi Ronaldu.
Bu gol bilan Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 965 taga yetkazdi. Endi 1000 gol marrasi yanada yaqinlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirgandi — kelishuv 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing