Ronaldu 5:0 g‘alabadan keyin ikki so‘z yozdi

Saudiya Pro-ligasida «Al-Nasr» «Al-Namdja» ustidan 5:0 hisobida yirik g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlikka chiqib oldi. Uchrashuvdagi hisobni Krishtianu Ronaldu 7-daqiqada penaltidan aniq zarba bilan ochdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin yakunlangach, 41 yoshli portugaliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Ronaldu bir nechta suratlarni joylab, ularni qisqa va lo‘nda izoh bilan bezadi.
«Shunday davom eting!» — deb yozdi Ronaldu.
Bu gol bilan Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi jami to‘plari 965 taga yetdi. 1000 gollik marraga qadamlar yanada yaqinlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgan — kelishuv 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing