date

Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishi mumkin

Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishi mumkin

Milanning "Inter" klubi hujumchi Markus Tyuram borasida keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, "neradzurrilar" rahbariyatining fransuz futbolchining kelajagiga oid pozitsiyasi o'zgargan: Tyuram endi "sotilmaydigan" futbolchi sifatida ko'rilmayapti. Shu sababli u yaqin yozning o'zidayoq jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas.

Transfermarkt portali 28 yoshli hujumchini 60 mln yevroga baholamoqda. Tyuramning "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, avvalroq esa u Angliya Premyer-ligasidagi klublardan biriga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Markus Tyuram 32 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishi mumkin