Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng atigi ikki so'z yozdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» «Al-Namdja»ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, turnir jadvalida peshqadamlikka ko'tarildi. Uchrashuvdagi hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi — u 7-daqiqada penaltini aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta suratlarni joylab, qisqa izoh qoldirdi. Portugaliyalik yulduz postiga «Shunday davom eting!» deb yozdi.
Bu gol bilan Ronalduning faoliyatidagi jami gollari soni 965 taga yetdi. Endi 1000 gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgan — kelishuv 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing