Al Hilol duranglardan keyin Inzagi bosim ostida qoldi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al Hilol» hanuz biror marta mag‘lub bo‘lgani yo‘q, biroq so‘nggi turdagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da Saudiya Arabistonida Simone Inzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi haqida gap-so‘zlar kuchaygan. Ayniqsa, «Al Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga nisbatan norozilik bildirmoqda.
Biroq Inzagining o‘zi vaziyatga xotirjam qarayapti: uning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan avval bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Inzagi maoshi bo‘yicha dunyodagi eng ko‘p haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o‘rinda — faqat Diego Simeonedan keyin. Inzagining yillik oyligi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!