date

Jonatan Devid yozda Yuventusni tark etishi mumkin

Jonatan Devid yozda Yuventusni tark etishi mumkin

Turinliklarning hujumchisi Jonatan Devid klubni tark etish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, kanadalik futbolchi yozgi transfer oynasida ketish ehtimolini muhokama qilmoqda. «Yuventus» rahbariyati hamda jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti forvardning o'yinidan qoniqmayapti va shuning uchun futbolchini sotish takliflariga ochiq.

Devid 2025 yilda «Lill»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Devidning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jonatan Devid yozda Yuventusni tark etishi mumkin