Bavariya Noyer o'rniga asosiy nomzodni belgilab qo'ydi

Myunxenning «Bavariya» klubida darvozabon Manuel Noyerning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Joriy mavsum yakunlangach, tajribali posbon jamoani tark etishi mumkin, klub sardori esa mart oyida 40 yoshga to'ladi va hozircha faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar Noyer yozda ketadigan bo'lsa, «Bavariya» uning o'rnini Jonas Urbig bilan to'ldirishni aniq reja sifatida ko'rmoqda. Manbada ta'kidlanishicha, Urbigka raqobatchi izlanmaydi, klub esa bozoridan faqat zaxira variant sifatida yangi darvozabon olib kelishi mumkin.
Manuel Noyer «Bavariya» safida 2011 yildan beri to'p surib keladi. Ushbu mavsumda u 28 uchrashuvda 27 ta gol o'tkazib yuborgan.
22 yoshli Jonas Urbig esa joriy kampaniyada 9 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!