Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Avvalroq Marselo Galyardoning «River Pleyt»dagi kelajagi borasida muammolar yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi. Endi esa bu vaziyat yakuniy qarorga aylandi: mutaxassis klub bosh murabbiyi sifatida endi ishlamaydi, tomonlar hamkorlikni to‘xtatadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Galyardo jamoa bilan yana bir uchrashuvda maydonga tushadi. Payshanba kuni, ya’ni bugun «River Pleyt» «Banfield»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Bu bellashuv muxlislarga uzoq yillik hurmat qozongan murabbiy bilan xayrlashish imkonini beradi. Biroq ayrim tarafdorlar ushbu lahzadan norozi fikrlarini bildirish uchun ham foydalanishi ehtimoldan xoli emas.
Galyardo «River Pleyt» uchun 90-yillarda futbolchi sifatida to‘p surgan, keyinchalik esa klubni bir necha bor boshqargan. Shu bois u Buenos-Ayres jamoasi atrofida obro‘li va tanilgan shaxslardan biri hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!