date

Njitap Onana ijaradan qaytib asos uchun kurashishi kerak

Njitap Onana ijaradan qaytib asos uchun kurashishi kerak

Kamerun terma jamoasining sobiq himoyachisi Jeremi Njitap vatandoshi Andre Onana haqida fikr bildirdi. Darvozabon hozir “Trabzonspor” safida ijara asosida o‘ynamoqda, uning shartnoma huquqlari esa “Manchester Yunayted”ga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Njitapning aytishicha, Onana klubdagi davrida hammasi ham reja bo‘yicha ketmagan, biroq muammo faqat darvozabonda emas. U Karik jamoaga kelganidan keyin vaziyat yaxshilanayotganini ta’kidlab, Onana ijaradan qaytib, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurash olib borishi zarurligini aytdi. Njitap Onana qiyinchiliklar paytida ham doim yuqori saviya ko‘rsatib kelganini qo‘shimcha qildi.

Joriy mavsumda 29 yoshli Onana 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol o‘tkazib yubordi. U 4 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Njitap Onana ijaradan qaytib asos uchun kurashishi kerak