date

Simone Indzagi iste'fosi haqida gaplar chiqdi, u xotirjam

Simone Indzagi iste'fosi haqida gaplar chiqdi, u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali biror marta yutqazgani yo‘q, biroq so‘nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko‘ra, mamlakatda bosh murabbiy Simone Indzagini lavozimidan bo‘shatish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Ayrim «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqayotgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan avval bekor qilingan taqdirda katta kompensatsiya bandi mavjud.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Simone Indzagi murabbiylar orasida dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchilardan biri bo‘lib, faqat Diego Simeonedan keyingi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Simone Indzagi iste'fosi haqida gaplar chiqdi, u xotirjam