Bundesliga grandi Interdan Benjamen Pavarni sotib olishi mumkin

Himoyachi Benjamen Pavar yozgi transfer oynasida yana jamoasini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mavsum oxirigacha milanlik «Inter»dan ijaraga olingan fransuz futbolchi bo‘yicha «Marsel» 15 mln yevrolik sotib olish opsiyasini faollashtirishni rejalashtirmayapti. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi yuzasidan yaqinda Dortmundning «Borussiya»si so‘rov yuborgan, shuningdek, nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi ham qiziqish bildirmoqda. «Neradzurri» rahbariyati esa o‘yinchini mavsum oralig‘ida sotishni ko‘zlamoqda.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Pavar narxi 20 mln yevroga baholanadi. Uning «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing