date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini gapirib berdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi vaqtida bo'lgan va Messini aynan Maradonaning o'zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messi taklifni olgach, rad eta olmaganini ta'kidladi. U ko'rsatuvga otasi, amakisi va jiyanlari bilan birga borgan, ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz tanishish imkoniga ega bo'lishgan. Futbolchining so'zlariga ko'ra, o'sha lahzalar unutilmas xotira bo'lib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Diego Armando Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi