date

Kafanova ko'ra Safonov va Xaykinning yutuqlarida mentalitet bor

Kafanova ko'ra Safonov va Xaykinning yutuqlarida mentalitet bor

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov Matvey Safonov va Nikita Xaykinning muvaffaqiyatlarida rossiyaliklarga xos xarakter va mentalitet muhim rol o'ynayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xaykin to'p surayotgan «Bude-Glimt» klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi. Safonov ishtirok etayotgan «PSJ» ham shu bosqichda o'ynaydi va Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Mutaxassis fikricha, bu holat bejiz emas: u «Matc TV»ga bergan izohida rus odami tarixan kimnidir qutqarish, jamoani asrab qolish ruhida shakllanganini, bunday xususiyat sportda eng avvalo darvozabonlarga xosligini ta'kidladi.

Kafanov shuningdek Avstriyaning «Shturm» klubida o'ynayotgan Daniil Xudyakovni ham alohida e'tirof etdi. Xaykin haqida esa u uni mahalliy darvozabonlar maktabi tarbiyalagan futbolchi sifatida ko'rishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kafanova ko'ra Safonov va Xaykinning yutuqlarida mentalitet bor