date

Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar kuchaydi, u esa xotirjam

Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar kuchaydi, u esa xotirjam

«Al-Hilol» Saudiya Arabistoni chempionatida hanuz mag'lub bo'lmagan, biroq so'nggi turlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonida bosh murabbiy Simone Indzagining kelajagi borasida shubhalar paydo bo'lgan: ayrim manbalarda uni lavozimidan bo'shatish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Xususan, «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqayotgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda. Murabbiyning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va uni muddatidan oldin bekor qilish katta miqdordagi kompensatsiyani ham nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar kuchaydi, u esa xotirjam