Pavlyuchenko Vulverhempton Aston Villaga yutqazadi deb hisoblaydi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi uy uchrashuvida «Vulverhempton» Birmingemning «Aston Villa» jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan sobiq «Tottenhem» hujumchisi Roman Pavlyuchenko o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pavlyuchenkoning ta’kidlashicha, «Aston Villa» hozircha ancha kuchliroq ko‘rinmoqda: jamoa o‘ziga ishonchi baland, tartibli o‘ynaydi va qanday maqsad uchun kurashayotganini yaxshi tushunadi. Uning fikricha, safarda ham «Villa» «Vulverhempton»dan ustun keladi.
«Vulverhempton» – «Aston Villa» uchrashuvi bugun, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
APL jadvalida «bo‘rilar» so‘nggi o‘rinda bormoqda, Unai Emeri boshqaruvidagi «Aston Villa» esa 3-pog‘onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!