Jikiya maydonga tushmagani jarohat bilan bog'liq edi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchining so'nggi paytlarda kam o'ynaganiga sabab jarohat bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning ta'kidlashicha, Jikiya shikastdan to'liq forig' bo'lgan va jamoaga yangi kelgan bosh murabbiy ham himoyachiga ishonch bildirmoqda.
Arutyunov "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuvda Jikiya asosiy tarkibda maydonga tushishini kutayotganini bildirib, klubda mavsum davomida uchinchi murabbiy almashgani va har birining qarashi turlicha ekanini qo'shimcha qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Jikiyaning o'ynamagani aynan jarohat oqibati bo'lgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Jikiya Turkiya chempionati hamda Kubok bahslarida jami 13 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!