Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqin o'yinda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining boykotdan so'ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda ham u ro'yxatda bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni ham, asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarni ham asrashga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda turgan muhim «Al-Fateh»ga qarshi o'yin bilan izohladi.
Mutaxassis ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o'tkazib yuborgan. Jezushning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!