date

Luis Enrike Safonovni PSJ darvozasida yuqori baholadi

Luis Enrike Safonovni PSJ darvozasida yuqori baholadi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa darvozaboni Matvey Safonovning o'yiniga to'xtalib, uni yuqori saviyadagi posbon sifatida ta'rifladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Safonovning milliy terma jamoa futbolchisi ekanini eslatib, uning oyoqda yaxshi o'ynashi, jismonan baquvvatligi va jasorati PSJ falsafasiga mos kelishini ta'kidladi. Luis Enrikening so'zlariga ko'ra, Matvey start tarkibida ham, zaxiradan maydonga tushganida ham doimo yuqori darajani ko'rsatib keladi. Murabbiy, shuningdek, qo'l ostida uch nafar kuchli darvozabon borligidan mamnunligini bildirdi, deya xabar beradi RMC Sport.

Joriy mavsumda 27 yoshli Safonov Fransiya chempionatida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol o'tkazib yubordi va 3 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Yevropa Chempionlar ligasida esa u 4 ta bahsda qatnashib, 5 ta gol o'tkazdi, 1 o'yinda esa «quruq» natija qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Safonovni PSJ darvozasida yuqori baholadi