date

Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkin, biroq u xotirjam

Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkin, biroq u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Hilol” bu mavsum hali mag'lubiyat ko'rmadi, ammo so'nggi duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi mumkinligi haqida gap-so'zlar kuchaygan. Hatto “Al-Hilol” muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda katta kompensatsiya ko'zda tutilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkin, biroq u xotirjam