date

Indzagi atrofida iste'fo gaplari kuchaydi, u esa xotirjam

Indzagi atrofida iste'fo gaplari kuchaydi, u esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi turlardagi bir nechta duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shundan so'ng mamlakatda Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gap-so'zlar paydo bo'ldi. Ayrim «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga sokin qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan avval bekor qilinsa, katta tovon puli ko'zda tutilgan.

Manbada qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi atrofida iste'fo gaplari kuchaydi, u esa xotirjam