date

Jikiya maydonga tushmaganiga jarohati sabab bo'lgan

Jikiya maydonga tushmaganiga jarohati sabab bo'lgan

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchi so'nggi paytlarda o'yin amaliyotisiz qolganini jarohat bilan izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning ta'kidlashicha, Jikiya hozir to'liq tiklangan va jamoaning yangi bosh murabbiyi ham unga ishonch bildirmoqda.

"O'ylaymanki, Jikiya "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy, har birining qarashi boshqacha. Uning o'ynamagani jarohat bilan bog'liq", — deya Arutyunovning so'zlarini "Chempionat" nashri keltirdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Jikiya Turkiya chempionati va Kubogida jami 13 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya maydonga tushmaganiga jarohati sabab bo'lgan