Enrike PSJ hozirgi holatini futbolchilar mashina emas deya izohladi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlar bilan suhbatda jamoasining ayni paytdagi jismoniy va ruhiy holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik mutaxassisga ko'ra, parijliklar 2024–2025 yilgi juda omadli mavsumdan keyin tabiiy ravishda biroz pasayishni boshdan kechirmoqda.
«Bu mavsumda hamma futbolchi doimiy ravishda to'liq tayyor bo'lib yurishi mumkin emas. Bu imkonsiz. O'tgan mavsumdagi yuklama va natijalar uchun hozir “to'lov” qilayapmiz. Futbolchilar mashina emas», — deya Enrikening so'zlarini L’Équipe keltirdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum PSJ barcha asosiy sovrinlarni qo'lga kiritdi: Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasi.
Hozirda Enrike jamoasi Liga 1 turnir jadvalida 54 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!