date

RFS Rossiya yig'masi o'yinlari nega shu shaharlarda o'tishini aytdi

RFS Rossiya yig'masi o'yinlari nega shu shaharlarda o'tishini aytdi

Rossiya futbol ittifoqi (RFS) bosh kotibi Maksim Mitrofanov Rossiya terma jamoasining Nikaragua va Mali bilan o'rtoqlik uchrashuvlari nega mos ravishda Krasnodar hamda Sankt-Peterburgda tashkil etilayotganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mitrofanovning ta'kidlashicha, qaror qabul qilishda bir nechta omil, jumladan iqlim sharoiti ham inobatga olingan. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa tayyorgarligi va o'yinlarning o'zi imkon qadar qulay muhitda o'tishi, muxlislarga esa haqiqiy futbol bayrami taqdim etilishi muhim.

Rossiya — Nikaragua bahsi 27 mart kuni Krasnodarda, Mali bilan uchrashuv esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi. Qayd etilishicha, Rossiyaga raqib bo'ladigan har ikki terma jamoa 2026 yil Shimoliy Amerikada o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatiga yo'llanma olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RFS Rossiya yig'masi o'yinlari nega shu shaharlarda o'tishini aytdi