RFS Mali va Nikaragua bilan o'yinlar manzilini izohladi

Rossiya futbol ittifoqi (RFS) bosh kotibi Maksim Mitrofanov terma jamoa nega Nikaragua bilan Krasnodarda, Mali bilan esa Sankt-Peterburgda maydonga tushishini tushuntirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, qaror qabul qilishda bir nechta omillar, jumladan iqlim sharoiti ham inobatga olingan. Mitrofanov "Matc TV"ga bergan izohida jamoani va o'yinlarning o'zini imkon qadar qulay muhitda o'tkazish, shuningdek, muxlislarga bayramona kayfiyat ulashish muhimligini ta'kidladi.
Rossiya — Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodarda, Mali bilan bahs esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi. Rossiyaga raqib bo'ladigan har ikki terma jamoa ham Shimoliy Amerikada o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma ola olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!