date

Indzagi atrofida mish-mishlar ko'paydi, murabbiy xotirjam

Indzagi atrofida mish-mishlar ko'paydi, murabbiy xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi turlardagi bir nechta durang natijalar jamoaning turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushib ketishiga sabab bo'ldi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da Simone Indzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi muhokama qilinmoqda, hatto iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida gaplar tarqaldi. Aytishlaricha, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda va o'z ishiga ishonchini yo'qotmagan. Uning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'lib, muddatidan oldin bekor qilinsa, klub sezilarli kompensatsiya to'lashiga to'g'ri keladi.

Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi eng yuqori haq oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik daromadi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi atrofida mish-mishlar ko'paydi, murabbiy xotirjam