date

Al-Hilol Indzagini iste’foga chiqarishi mumkin, murabbiy hotirjam

Al-Hilol Indzagini iste’foga chiqarishi mumkin, murabbiy hotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag‘lub bo‘lgani yo‘q, biroq so‘nggi turdagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko‘ra, shundan keyin mamlakatda bosh murabbiy Simone Indzagining kelajagi borasida turli gap-so‘zlar kuchaydi. Xususan, muxlislarning bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi tovon puli ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Indzagini iste’foga chiqarishi mumkin, murabbiy hotirjam