Al-Hilol duranglaridan keyin Indzagi bosimi kuchaydi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmayapti, biroq so'nggi turlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib qo'ydi. La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda bosh murabbiy Simone Indzagi kelajagi borasida gap-so'zlar paydo bo'lgan va «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi ikkinchi eng ko'p haq oladigan murabbiy sanaladi — undan faqat Diego Simeone yuqorida turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!