Gʻallardo ko‘z yosh bilan xayrlashdi River abadiy tark etilmaydi

Marselo Gʻallardo murabbiy sifatida so‘nggi o‘yinini «Banfield»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi. «River Pleyt» bu bahsda 3:1 hisobida zafar quchib, ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan iborat omadsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan o‘sha yomon natijalar Gʻallardoning lavozimini saqlab qolishiga to‘sqinlik qildi, biroq klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa o‘yindan keyingi lahzalarda buni juda hissiyotli tarzda namoyon etdi.
«Shunchaki barchangizga rahmat. Sizlarning mehringizni so‘z bilan to‘liq ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. «River»dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu — sehrli maskan: ketsang ham, baribir klub bilan qolasan», — dedi Gʻallardo ko‘z yoshlarini yashirmay.
Eslatib o‘tamiz, Gʻallardo 1990-yillarda «River Pleyt» safida ham, Argentina terma jamoasida ham futbolchi sifatida to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!