Inter futbolchisi ijara davrida ogir jarohat oldi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avelyaneda»ga ijaraga o‘tgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddat safdan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina OAV xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lam uzilgani aniqlangan. Uning to‘liq tiklanishi 6–8 oyga cho‘zilishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgan va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha mo‘ljallangan. Mavsumning ilk yarmida u «Jenoa» safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urgan. Iste’dodli argentinalikning «neradzurrilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing