Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga stavkalar uchun qamoq tahdidi bor

Turkiyaning ikki yirik klubi — «Galatasaray» va «Fenerbahche» vakillari sportga tikish bilan bog‘liq ish bo‘yicha qamoq jazosi olishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltachi hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Birinchisiga 13 yilgacha, ikkinchisiga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish xavfi bor.
Sabah nashri ma’lumotiga ko‘ra, Baltachi kamida ikki marta «Galatasaray» o‘yinlariga stavka qilgan. U o‘sha uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq jamoa qaydnomasidan joy olgani sabab natijaga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Amaldagi turk qonunchiligiga ko‘ra, futbolchi bukmekerga o‘zining professional sportchi ekanini ma’lum qilishi shart edi, ammo u buni bajarmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!