date

Interdan ijaradagi Karboni ogir jarohat olib safdan chiqdi

Interdan ijaradagi Karboni ogir jarohat olib safdan chiqdi

Milaning «Inter» klubidan «Rasing Avelyaneda»ga ijara asosida kelgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentin axborot manbalariga ko'ra, 20 yoshli futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon pay shikastlangan. Uning tiklanishi 6–8 oy davom etishi kutilmoqda.

«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgandi va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha amal qiladi. Mavsumning birinchi yarmida u «Jenoa» safida 15 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol urgan. Iste'dodli argentinalikning «neradzurrilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Interdan ijaradagi Karboni ogir jarohat olib safdan chiqdi