Matvey Safonov rus bilyardiga qiziqib qolganini aytdi

Rossiyalik darvozabon, hozirda "PSJ" safida to'p surayotgan Matvey Safonov bo'sh vaqtida rus bilyardi o'ynashni yoqtirishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Safonovning aytishicha, bu qiziqish "Krasnodar"dagi davridan boshlangan: klub bazasida bilyard stoli bo'lib, futbolchilar vaqti-vaqti bilan bir-ikki partiya o'ynab turishgan.
Darvozabon Telegram kanalida yozishicha, avvaliga uy yaqinidagi bilyardxonaga do'stlari bilan borish odat bo'lgan, keyinchalik esa bu mashg'ulot sezilmay haqiqiy hobbiga aylangan: u o'ziga kiy sotib olgan, hatto yakka tartibdagi mashg'ulotlarni ham sinab ko'rgan.
Vaqt o'tib Safonov bilyardni professional darajada rivojlantirishni emas, aynan hobbisi sifatida qoldirishni istaganini tushungan va o'yinni yanada takomillashtirish ustida ishlashni to'xtatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!