date

Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi bosim ostida qoldi

Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi bosim ostida qoldi

Saudiya Arabistoni chempionatida mag'lubiyatsiz yurayotgan «Al-Hilol» so'nggi turlarda ketma-ket duranglar qayd etib, turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushib qoldi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagini lavozimidan bo'shatish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan, ayrim «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq Indzagining o'zi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi va muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda katta miqdorda kompensatsiya ko'zda tutilgan.

Simone Indzagi hozirda dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi bosim ostida qoldi