Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi

Galatasaroy hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqboli bo‘yicha Istanbul jamoasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, futbolchi vakillari va klub rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, Ikardiga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular argentinalik forvardni erkin agent sifatida shartnoma bilan qo‘lga kiritishga tayyor.
Ikardining Galatasaroy bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 33 yoshli futbolchining bozor bahosi 6 million yevroga teng.
2025/2026 yilgi mavsumda Ikardi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing