Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua turnirda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi umidini yo'qotgan «Shanxay Shenchxua» 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo'lmasa munosib yakun yasashga urinib ko'rdi. Biroq Leonid Slutskiy jamoasi turnirdan chiqish oldidan «eshikni qars» yopib ketolmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo'limning avvalida ikkita gol urib, o'yin taqdirini erta hal qildi. Keyinroq «Shanxay Shenchxua» bir futbolchidan ayrilib, son jihatdan kamchilikda qolganidan so'ng intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing