Inter futbolchisi ijarada ogir tizzadan jarohat oldi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avelyaneda»ga ijara asosida kelgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddat maydondan tashqarida qoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina OAV xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchida tizzadagi oldingi xochsimon bog'lam uzilishi aniqlangan. Tiklanish jarayoni 6–8 oy davom etishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgan va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha mo'ljallangan. Mavsumning birinchi qismida u «Jenoa» safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urgan. Iqtidorli argentinalikning «neradzurrilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha kuchda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing