date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga qamoq xavfi tug'ildi

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga qamoq xavfi tug'ildi

Turkiyaning ikki yirik klubi — «Galatasaray» va «Fenerbahche» vakillari bo'lgan futbolchilar stavka mojarosi sabab jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltachi hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Sabah nashri xabariga ko'ra, Baltachiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish xavfi bor.

Manbada aytilishicha, Baltachi kamida ikki marta «Galatasaray» o'yinlariga stavka tikkan. U o'sha uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq o'yin qaydnomasida bo'lgani uchun natijaga ma'lum darajada ta'sir o'tkazish imkoniyati mavjud bo'lgan.

Turkiya qonunchiligiga ko'ra, u bukmekerlik kompaniyasiga professional sportchi ekanini oldindan ma'lum qilishi shart edi, ammo buni bajarmagani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga qamoq xavfi tug'ildi