date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga tikishlar uchun qamoq tahdid solmoqda

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga tikishlar uchun qamoq tahdid solmoqda

Turkiyaning “Galatasaray” va “Fenerbahche” klublarida to'p surayotgan ikki futbolchi tikishlar bilan bog'liq ish yuzasidan qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap “Galatasaray” vakili Metehan Baltadji hamda “Fenerbahche” sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko'ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.

Sabah nashrining yozishicha, Baltadji kamida ikki bor “Galatasaray” ishtirokidagi o'yinlarga pul tikkan. U o'sha bahslarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani sababli o'yin jarayoniga ta’sir o'tkazish imkoniyati mavjud bo'lgan.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko'ra, futbolchi bukmekerlarga professional sportchi ekanini ma’lum qilishi shart edi. Biroq u buni bajarmagani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga tikishlar uchun qamoq tahdid solmoqda