Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajagini muhokama qiladi

Galatasaroy hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqboli bo‘yicha rahbariyat bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, uchrashuv Istanbul klubi vakillari bilan aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, hujumchiga qiziqayotgan jamoalar ham bor: ular Ikardini erkin agent sifatida shartnoma asosida qo‘lga kiritishga tayyor.
33 yoshli argentinalik futbolchining Galatasaroy bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 6 million yevroga baholanmoqda.
2025/2026 mavsumida Ikardi 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing