date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikishlar uchun qamoq kutmoqda

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikishlar uchun qamoq kutmoqda

Galatasaray va Fenerbahche safida to'p surayotgan ikki futbolchi tikishlar bilan bog'liq ish bo'yicha qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap Galatasaray futbolchisi Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Baltadji 13 yilgacha, Yandash esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi ehtimoli bor.

Sabah nashri ma'lumotiga ko'ra, Baltadji kamida ikki marta Galatasaray o'yinlariga pul tikkan. U uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa-da, jamoa qaydnomasidan joy olgani sababli vaziyatga ta'sir o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lgan, deb baholanmoqda.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko'ra, futbolchi bukmekerlarga o'zining professional sportchi ekanini ma'lum qilishi shart edi, biroq u buni bajarmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikishlar uchun qamoq kutmoqda