Noboa Rubinning Barselonadagi g'alabasi uchun katta bonuslarni aytdi

2009 yil oktabrida Qozonning «Rubin» klubi Chempionlar ligasida kutilmagan natija qayd etib, «Kamp Nou»da «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. O'sha jamoaning sobiq yarim himoyachisi Kristian Noboa o'sha uchrashuv ortidan berilgan mukofot pullari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Noboaning so'zlariga ko'ra, bu uning faoliyatidagi eng yirik premiyalar bo'lgan: har bir futbolchi 80 ming dollar olgan. Bu haqda «Sport-Ekspress» nashri iqtibos keltiradi.
Ekvadorlik futbolchi o'sha pullarni darhol xaridlar uchun ishlatmaganini, aksincha, jamg'arib qo'yganini ta'kidladi. U o'sha paytdayoq vazminroq yigit bo'lganini eslatdi.
Eslatib o'tamiz, 2009/2010 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Rubin» o'z kvartetida uchinchi o'rinni egallagan. Guruhda «Barselona» va «Inter» yuqoriroq pog'onalarda yakunlagan, Kiyevning «Dinamo»si esa quyi o'rinda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!