Inzagi iste'fosi haqida gaplar kuchaydi, murabbiy xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuzgacha mag'lub bo'lmadi, biroq so'nggi uchrashuvlardagi duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon ortida Saudiya Arabistonida Simone Inzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Qayd etilishicha, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda.
Biroq Inzagining o'zi vaziyatga sokin qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya ko'zda tutilgan.
Simone Inzagi maosh bo'yicha dunyodagi eng yuqori to'lanadigan murabbiylar orasida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik daromadi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!