Kivu Chempionlar ligasidagi maglubiyat ortda qolganini aytdi

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyasining "Jenoa"ga qarshi o‘yini arafasida OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiya chempionatining 27-turida "neradzurrilar" o‘z maydonida "grifonlar"ni qabul qiladi. Bu Milan klubi uchun Norvegiyaning "Budo-Glimt" jamoasiga pley-off saralash bosqichida yutqazib, Chempionlar ligasini shov-shuvli tarzda tark etganidan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi.
"Biz bu mavzuni ortda qoldirdik. Chempionlar ligasidan chiqib ketish haqida o‘ylashga vaqt yo‘q: har uch kunda maydonga tushyapmiz va hozir boshqa musobaqa haqida gap ketyapti. Avvalgi energiyani qaytarishimiz, shuningdek, chempionatdagi hozirgacha erishilgan natijalarga qaramay, A Seriyada barqarorlikni ta’minlashimiz kerak", — dedi Kivu DAZN bilan suhbatda.
"Inter" — "Jenoa" uchrashuvi bo‘yicha LiveResult.ru saytida matnli translyatsiya olib boriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!