Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim abadiy ketmaydi

Marselo Galyardo murabbiy sifatidagi so'nggi o'yinini "Banfield"ga qarshi o'tkazdi. Uchrashuvda "River Pleyt" 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan o'sha muvaffaqiyatsiz natijalar Galyardoning lavozimiga qimmatga tushdi. Shunga qaramay, klub unga jamoa bilan chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi va Galyardo buni katta hissiyotlar bilan, sahnadagi aktyordek ta'sirli tarzda uddaladi.
O'yindan keyin u ko'z yoshlarini yashirmadi: "Avvalo, barchangizga rahmat. Sizlarning mehringizni so'z bilan to'liq ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. "River"dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketgan taqdiringda ham baribir klub bilan qolasan", dedi Galyardo.
Eslatib o'tamiz, Marselo 90-yillarda "River Pleyt" sharafini ham, Argentina terma jamoasini ham himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!